Anons
Quest Pistols konserti
E’lon qilingan sana: · 61

Salama restoranining yozgi terrasasida o‘zining yorqin raqs shoulari va rus tilidagi xit qo‘shiqlari bilan tanilgan Quest Pistols pop guruhi konsert beradi.
Kecha dasturida:
- har bir mehmon uchun kirishda Welcome Drink;
- restoran menyusi bo‘yicha taom va ichimliklarga buyurtma berish imkoniyati;
- ochiq osmon ostidagi yozgi terrasaning shinam muhiti.
Stol uchun chipta xarid qilinganda uning narxiga depozit ham kiritilgan bo‘lib, tadbir kuni undan restoran menyusidagi taom va ichimliklarni buyurtma qilish uchun foydalanish mumkin.
Chipta narxi: 1 008 000 so‘mdan 1 800 000 so‘mgacha.
Murojaat uchun: (+998) 77 189−90−20, (+998) 78 120−90−20.