Anons

Candle Fire: Summer konserti

E’lon qilingan sana· 130
Candle Fire: Summer konserti

Markaziy ekoparkdagi “Sevgi oroli"da Candle Fire: Summer torli orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar atrofida yuzlab miltillovchi shamlar yoqiladi, ularning iliq nuri suv yuzasida aks etib, o‘ziga xos muhit yaratadi.

Kechki dastur klassik musiqadan tortib kino durdonalarigacha bo‘lgan turli kompozitsiyalarni o‘z ichiga oladi. 22 ta kuy yangraydi va ularning har biri sevgi, drama hamda ehtiros haqida alohida hikoya qiladi:

  • koinot va kosmos musiqalari — Interstellar va Idea 10;
  • sevgi hikoyalari — Titanik, Romeo va Julyetta, Shindler ro‘yxati filmlarining saundtreklari hamda Astor Piasollaning Oblivion asari;
  • neoklassika va klassika — Lyudoviko Eynaudining Una Mattina, Idea Solas, shuningdek, Shopenning Noktyurn va Vivaldining Shiddatli yoz asarlari;
  • mashhur seriallar saundtreklari — “Choliqushi” va turk dramasi “Zimorodok” musiqalari.

Chiptalar narxi: 197 000 so‘mdan boshlanadi.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Candle Fire: Summer konserti — Toshkent Afishasi