Mari Kraymbreri konserti bekor qilindi
E’lon qilingan sana: · 159

Mari Kraymbrerining 19-sentabr kuni Humo Arena’da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Кто такая Мэри?” konserti bekor qilindi.
Xabarda qayd etilishicha, bunga san’atkor va tashkilotchilarga bog‘liq bo‘lmagan sabablar ta’sir ko‘rsatgan.
Tashkilotchilarning 20−003−3399 koll-markazi mablag‘ni qaytarish uchun zarur rekvizitlarni aniqlashtirish maqsadida har bir xaridor bilan bog‘lanadi. Tashkilotchilar qo‘ng‘iroqni kutishni so‘ramoqda.
- Onlayn xarid qilingan chiptalar bo‘yicha mablag‘ telefon orqali ma’lumotlar tasdiqlangandan so‘ng hisob raqamiga qaytariladi.
- Naqd pulga xarid qilingan chiptalar uchun mablag‘ naqd shaklda qaytariladi.
- Chiptalar uchun to‘langan mablag‘ to‘liq hajmda qaytariladi.