Anons
“Yil fasllari. Vivaldi bilan muloqot” konserti
E’lon qilingan sana: · 161

Milliy kino san’ati saroyida Qozog‘istonning Tynda Music orkestri “Yil fasllari. Vivaldi bilan muloqot” dasturi bilan chiqish qiladi.
Dasturdan Astor Pyassollaning jo‘shqin kompozitsiyalari va Maks Rixtorning zamonaviy talqinlari o‘rin olgan. Bu — tabiat aylanishiga ikki xil nigoh, turli davr va uslublar orqali Vivaldi bilan ikki musiqiy muloqotdir. Skripka yakkaxon ijrosi esa fasllar almashinuvi va inson hissiyotlari uyg‘unlashgan musiqiy olamga yo‘l ochadi.
Chipta narxi: 230 000 so‘mdan 700 000 so‘mgacha.
Murojaat uchun: +(998) 78 140 14 70.
