Anons
Candle Fire: Summer konserti
E’lon qilingan sana: · 45

Bobur nomidagi Markaziy ekologik bog‘dagi Muhabbat orolida Candle Fire: Summer konserti bo‘lib o‘tadi. Kechada ochiq osmon ostida yuzlab shamlar yorug‘ida jonli musiqa yangraydi.
Konsert suv o‘rtasida joylashgan oq chodirda o‘tkaziladi. Musiqachilar tomoshabinlar qarshisida ijro etadi, sahna bilan zal o‘rtasida dirijyor yoki boshqa to‘siqlar bo‘lmaydi. Musiqa ovoz kuchaytirgichsiz, bastakorlar ko‘zlagan tabiiy jarangda ijro etiladi.
Dasturdan kino musiqalari, neoklassik asarlar va muhabbatga bag‘ishlangan mashhur kompozitsiyalar o‘rin olgan.
Yosh cheklovi: 5+.
Chiptalar narxi: 197 000 so‘mdan boshlanadi.