Anons

Candle Fire: “Summer” konserti

E’lon qilingan sana· 188
Candle Fire: “Summer” konserti

Ekoparkdagi Muhabbat orolida ochiq osmon ostida yuzlab shamlar yorug‘ida jonli musiqa oqshomi — Candle Fire: “Summer” konserti bo‘lib o‘tadi.

Kamerali maydon suv o‘rtasidagi oppoq chodirda tashkil etiladi, musiqachilar esa tomoshabinlarga qarab ijro etadi. Dasturdan “Interstellar”, “Titanik”, “Romeo va Julyetta”, “Shindler ro‘yxati” filmlaridan kuylar, Astor Piazzollaning Oblivion, Ludoviko Eynaudining Una Mattina asarlari, Shopen noktyurni, Vivaldining “Yoz” kompozitsiyasi, shuningdek, “Cho‘pon qush” va “Qishloqchi” seriallaridan kuylar o‘rin olgan.

Konsert 1 soat 17 daqiqa davom etadi. Yosh chegarasi — 5+.

Chiptalar narxi: 197 000 so‘mdan boshlanadi.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Candle Fire: “Summer” konserti — Toshkent Afishasi