Lang Lang va O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining Buyuk Xitoy devori yonidagi konserti ko‘chirildi

2026-yil 25-avgustga Buyuk Xitoy devori etagida o‘tkazilishi rejalashtirilgan The Great Wall Symphony Concert musiqiy tadbiri rasman 2027-yilga ko‘chirildi.
Konsertda dunyoga mashhur pianinochi-virtuoz Lang Lang hamda Alibek Kabdurahmonov dirijyorligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ishtirok etishi kerak edi.
Tashkilotchilar ma’lum qilishicha, qaror noqulay ob-havo sharoiti, shuningdek, avgust oyida ochiq havoda keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazishni cheklash bo‘yicha Pekin va Changping tumani davlat organlarining rasmiy tavsiyalari sabab qabul qilingan.
Qadimiy me’moriy yodgorlik yonidagi konsertning yangi aniq sanasi tashkilotchilar tomonidan qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 6-sentabr kuni Samarqandda Lang Langning konserti bo‘lib o‘tadi. Chiptalarni Afisha.uz orqali xarid qilish mumkin.