Lang Langning Samarqanddagi konsertiga qanday borish mumkin: qo‘shimcha aviareys va mehmonxonalar uchun maxsus chegirma

E’lon qilingan sana· 147
Lang Langning Samarqanddagi konsertiga qanday borish mumkin: qo‘shimcha aviareys va mehmonxonalar uchun maxsus chegirma

Tomoshabinlar ertalabki qo‘shimcha reys orqali Samarqandga borishi va maxsus promo-kod yordamida mehmonxonada qolish xarajatlarini tejashi mumkin.

6-sentabr kuni Samarqanddagi tarixiy Registon maydonida dunyoga mashhur pianinochi-virtuoz Lang Langning katta konserti bo‘lib o‘tadi. Musiqachi Alibek Kabdurahmonov boshqaruvidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri bilan birga sahnaga chiqadi. Kechki dasturdan Lyudvig van Betxovenning fortepiano va orkestr uchun 5-konserti “Imperator” va Jorj Gershvinning Rhapsody in Blue asarlari o‘rin olgan.

Tadbirga qiziqish yuqori bo‘lgani sabab milliy aviatashuvchi Uzbekistan Airways Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha ertalabki reys tayinladi.

Parvozlar jadvali va narxlari:

  • Toshkent — Samarqand (6-sentabr): jo‘nab ketish — 11:00, yetib borish — 11:55. “Optimal” tarifi bo‘yicha chipta narxi 1 220 000 so‘mdan boshlanadi (23 kg yuk va 5 kg qo‘l yukini o‘z ichiga oladi).
  • Samarqand — Toshkent (7-sentabr): qaytish reysi tungi 01:00 da jo‘naydi, poytaxtga 01:50 da yetib keladi. Chipta narxi — 384 084 so‘mdan.

Silk Road Samarkand’dan maxsus taklif

Samarqandda tunab qolishni rejalashtirayotgan tomoshabinlar uchun Silk Road Samarkand majmuasining barcha mehmonxonalarida maxsus chegirma mavjud. 26-iyuldan boshlab 6−7-sentabr kunlari uchun bir kechalik turar joy bron qilganda LANG26 promo-kodi orqali 15 foiz chegirma taqdim etiladi.

Konsert chiptalari narxi 500 000 so‘mdan boshlanadi. Ularni Afisha.uz orqali xarid qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling