Vitamin X guruhi konserti bekor qilindi
E’lon qilingan sana: · 294

“Ponaexali” restobarida 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Vitamin X guruhi konserti bekor qilindi.
Jamoa ijodida tezkor hardkor-pank, agressiv trash-metal, rok-n-roll ruhi va qo‘shiqlardagi keskin ijtimoiy-siyosiy mavzular uyg‘unlashadi. Guruh About to Crack, Bad Trip, Chop Chop Chop, Beat My Head, Block Bust va Modern Man kabi kompozitsiyalari bilan tanilgan. Jamoaning jonli chiqishlari yuqori intensivlik va kuchli ijrosi bilan ajralib turadi.