Anons
Shamlar ostidagi Candle Fire konserti
E’lon qilingan sana: · 7

Z. M. Bobur nomidagi Markaziy ekoparkda kuz mavsumining boshlanishiga bag‘ishlangan ochiq osmon ostidagi Candle Fire: AUTUMN konserti bo‘lib o‘tadi.
Musiqachilar Lyudoviko Eynaudining Experience, Una Mattina, Giorni kompozitsiyalarini, Hans Zimmerning “Interstellar” va “Inception” filmlari uchun yozgan musiqalarini, Ennio Morrikoning Chi Mai asarini, “Titanic” va “Romeo & Juliet” filmlaridagi kuylarni, shuningdek Antonio Vivaldining “Fasllar” turkumidagi “Kuz” asarini ijro etadi.
Chiptalar narxi: 197 000 so‘mdan 597 000 so‘mgacha.