Anons
Tomdagi Rooftop Sonata: Grand Emotion konserti
E’lon qilingan sana: · 332

“На крыше” kinoteatrida Sonata orkestri Rooftop Sonata: Grand Emotion nomli kamer konsert dasturini ijro etadi.
Dasturdan kino va seriallardan tanish kuylar o‘rin olgan: Young and Beautiful, Still D.R.E., “Titanik”, “La-La Lend”, “Taxtlar o‘yini”, “Sevgi iztirobi” va “Muhtasham yuz yil” filmlaridagi musiqalar. Orkestr tarkibi kichik bo‘lib, tomoshabinlar musiqachilarga yaqin o‘tiradi, konsert esa ochiq tomda o‘tkaziladi.
Konsert 1,5 soat davom etadi. Yosh cheklovi: 12+.
Chiptalar narxi: 159 000 so‘mdan boshlanadi.