Anons

CCAda DJ Live Sets and Jam Sessions musiqiy kechasi

E’lon qilingan sana: · 91
CCAda DJ Live Sets and Jam Sessions musiqiy kechasi

Toshkent Zamonaviy san’at markazida har juma o‘tkaziladigan DJ Live Sets and Jam Sessions turkumi doirasida musiqiy kecha bo‘lib o‘tadi.

Formatning o‘ziga xos jihati janriy tajribalar va an’analarni zamonaviy elektronika bilan uyg‘unlashtirishdan iborat. Mahalliy va xalqaro musiqachilar folklor ohanglari zamonaviy raqs ritmlari bilan uyg‘unlashgan mualliflik setlarini taqdim etadi.

Sahnada:

  • Doppi Twins — qadimiy milliy kuylar va elektron musiqani uyg‘unlashtirish orqali o‘zbek madaniy merosini tadqiq etuvchi duet;

  • ITNI — organik-xaus, indi-dens va melodik-xaus janrlari chorrahasidagi set bilan ishtirok etuvchi DJ-loyiha.

Kirish bepul.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling