Anons

“Turk seriallari olami 2.0” saundtreklar konserti

E’lon qilingan sana: · 253
“Turk seriallari olami 2.0” saundtreklar konserti

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Turk seriallari olami 2.0” saundtreklari konserti bo‘lib o‘tadi. Tinglovchilar qarshisida Qozog‘istondan kelgan BN Team Orchestra simfonik orkestri chiqish qiladi.

BN Team — Qozog‘istondagi yosh musiqachilar, aktyorlar va turli janrdagi san’atkorlardan iborat ijodiy jamoa. BN Team Orchestra simfonik orkestri 11 ta davlatda, jumladan, Boku, Tbilisi, Bishkek va Toshkentda ham chiqish qilgan.

30 dan ortiq musiqachi — simfonik orkestr, xor va solistlar sevimli turk seriallarining saundtreklarini jonli ijro etadi.

Dasturda: “Muhtasham yuz yil”, “Qora sevgi”, “Choliqushi”, “Qulupnay hidi”, “Eshigimni qoq”, “Chuqur”, “Shamol”, “Hukm”, “Yalqi qush”, “Taqiqlangan sevgi”, “Kuzgi yaproqlar”, “Usmon”, “Ming bir kecha”, “Kiralık Aşk” va boshqa seriallar musiqalari.

Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 600 000 so‘mgacha.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling