Anons
Candle Fire: ZIMMER
E’lon qilingan sana: · 547

Markaziy ekoparkdagi Sevgi orolida shamlar ostida Hans Zimmer musiqalaridan iborat Candle Fire: ZIMMER musiqiy kechasi bo‘lib o‘tadi.
Bravo orkestri allaqachon kino ekranlaridan tashqariga chiqqan “Interstellar”, “Boshlanish”, “Dyuna”, “Gladiator” va “So‘nggi samuray” filmlaridagi mashhur kompozitsiyalarni ijro etadi. Maydon suv o‘rtasida joylashgan, atrof esa shamlar bilan yoritiladi. Shu sababli konsert zaldagidan boshqacha muhitda o‘tadi.
Konsert davomiyligi — 1 soat 17 daqiqa. Yosh cheklovi — 5+.
Chiptalar narxi: 197 000 so‘mdan boshlanadi.
