A’Studioʻning Toshkentdagi konserti boshqa sanaga ko‘chirildi
E’lon qilingan sana: · 484

2026-yil 24-oktyabrga rejalashtirilgan A’Studio konserti texnik sabablarga ko‘ra boshqa sanaga ko‘chirildi.
Konsertning yangi sanasi — 2027-yil 14-mart.
Avval xarid qilingan barcha chiptalar o‘z kuchida qoladi — ularni almashtirish shart emas.
Chiptalar bilan bog‘liq masalalar, jumladan, ularni qaytarish bo‘yicha (+998) 90−005−2646 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.
Tashkilotchilar yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va tomoshabinlarga tushunganliklari uchun minnatdorlik bildiradi.
