Anons
Fortepiano musiqasi konserti
E’lon qilingan sana: · 25

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Ferens List tavalludining 215 yilligiga bag‘ishlangan fortepiano musiqasi konserti bo‘lib o‘tadi.
Dasturdan romantizm davrining buyuk bastakori dahosining turli qirralarini ochib beruvchi asarlar o‘rin olgan. Sahnada xalqaro va respublika tanlovlari laureatlari bo‘lgan talabalar chiqish qiladi.
Chipta narxi: 60 000 soʻm.