Anons

"Jazzirama" guruhi konserti

E’lon qilingan sana: · 865
"Jazzirama" guruhi konserti

“Ilhom” teatrida IlkhomJazzClub loyihasi yangi mavsumni Toshkentning “Jazzirama” guruhi va poytaxt vokal sahnasi yulduzlari ishtirokidagi konsert bilan ochadi.

“Jazzirama” guruhi bilan bir sahnada O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, maqom ijrochisi Nodira Pirmatova, “Ovoz. O‘zbekiston” loyihasi finalchisi Anush Gurjiyeva, jazz xonandasi Feride Girgin, “Голос. Дети” shousi g‘olibasi Sabina Mustayeva, vokalchi Jasur Mirsagatov hamda “Yangi to‘lqin — 2017” tanlovi finalchisi Le Luu Lien chiqish qiladi. Konsert dasturidan klassik jazz kompozitsiyalari, etno-jazz yo‘nalishidagi asarlar va musiqachilarning yakkaxon improvizatsiyalari o‘rin olgan.

Chiptalar narxi: 240 000 soʻmdan boshlanadi.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling