Anons

Tynda Music'dan rok-konserti

E’lon qilingan sana: · 168
Tynda Music'dan rok-konserti

“Turkiston” san’at saroyida Tynda Music rok-konserti bo‘lib o‘tadi. 90 daqiqa davomida afsonaviy xitlar jonli ijroda yangraydi.

Tynda Music — Almati shahridan kelgan musiqachilar jamoasi bo‘lib, Qozog‘iston va qo‘shni mamlakatlar shaharlarida konsert dasturlari bilan gastrol safarlarida bo‘ladi. Toshkentda rok-guruh 1970-yillarning klassiklaridan 2000-yillarning xitlarigacha bo‘lgan mashhur kompozitsiyalarni ijro etadi.

Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • “Led Zeppelin” — “Immigrant Song”;
  • “Guns N' Roses” — “Welcome to the Jungle”;
  • AC/DC — “Back in Black” va “Highway to Hell”;
  • “Pink Floyd” — “Another Brick in the Wall”;
  • “Scorpions” — “Wind of Change”;
  • “Metallica” — “Nothing Else Matters” va “Enter Sandman”;
  • “Queen” — “The Show Must Go On” va “We Will Rock You”;
  • “Rammstein” — “Sonne” va “Du Hast”;
  • “Nirvana” — “Smells Like Teen Spirit”;
  • “Linkin Park” — Numb и In the End.

Chiptalar narxi 210 000 soʻmdan 780 000 soʻmgacha.

5 yoshgacha boʻlgan bolalarning zalga kirishiga ruxsat berilmaydi; 5 yoshdan oshgan bolalar uchun alohida chipta talab qilinadi.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling