Richter Trio `ning Toshkentdagi konserti 2027-yil mart oyiga ko‘chirildi
E’lon qilingan sana: · 45

Kirill Rixterning Richter Trio ansambli konserti 2027-yil 12-martga ko‘chirildi. Konsert 6-noyabr kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Bunga texnik sabablar asos qilib ko‘rsatilgan.
Avval xarid qilingan chiptalar yangi sana uchun ham amal qiladi. Chiptalar Afisha.uz saytida mavjud.
Chiptalarni qaytarish masalalari bo‘yicha chipta operatoriga murojaat qilish kerak: (+998) 71−207−1071.