Anons
“Organ musiqasi olamiga sayohat: davrlar va uslublar” konserti
E’lon qilingan sana: · 853

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida barokko davridan XIX-XX asrlar asarlarigacha bo‘lgan musiqiy davrlarni qamrab oluvchi organ konserti bo‘lib o‘tadi.
Dasturdan Giyom-Gabriel Niver, Iogann Sebastyan Bax, Ferens List, Aleksandr Gilman va Maks Regerning asarlari o‘rin olgan.
Ijrochilar:
- Munira Aminova — dotsent, kafedra mudiri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi (organ);
- Bobir Mirsaidov — xalqaro tanlovlar laureati, katta o‘qituvchi (organ).
Davomiyligi: 1 soat 40 daqiqa.
Chiptalar narxi: 100 000 so‘mdan 150 000 so‘mgacha.
Murojaat uchun: (+998) 71−244−5320, (+998) 71−244−2829.