Anons
Modern Jazz konserti
E’lon qilingan sana: · 798

Davlat jaz orkestri “Turkiston” san’at saroyida Modern Jazz dasturini taqdim etadi.
O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov rahbarligidagi orkestr Gordon Goodwin’s Big Phat Band repertuaridagi xitlar, Earth, Wind & Fire guruhining fank yo‘nalishidagi kompozitsiyalari, shuningdek, Autumn Leaves va L-O-V-E asarlarini ijro etadi. Orkestr bilan birga Sevara To‘lanova, Muhammadali Jo‘rayev hamda Elbek Artiqovning Tashkent Band vokal guruhi chiqish qiladi.
Yosh cheklovi: 0+.
Chiptalar narxi: 66 000 so‘mdan 275 000 so‘mgacha.
Fotosuratchi: Knuand / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0