Anons
Davlat simfonik orkestri huzuridagi xorning yubiley konserti
E’lon qilingan sana: · 676

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston davlat simfonik orkestri huzuridagi xor jamoasining 10 yilligiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tadi.
Dasturdan mashhur xitlar, jahon klassik musiqasi durdonalari hamda turli davr va janrlarda ijod qilgan bastakorlarning asarlari o‘rin olgan.
Badiiy rahbar va bosh dirijyor — O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev, xor rahbari — Yulduz Xusnitdinova.
Boshlanish vaqti: 19:00, Katta zal.
Chipta narxi: 50 000 so‘mdan 80 000 so‘mgacha.