Robert Plant konserti

Led Zeppelin guruhi vokalisti Robert Plant Saving Grace loyihasi bilan “Xalqlar do‘stligi” saroyida konsert beradi.
Konsert “Root & Branch” jahon turnesi doirasida bo‘lib o‘tadi va Plant hamda Saving Grace jamoasining Markaziy Osiyodagi ilk chiqishi bo‘ladi.
Saving Grace loyihasi 2019-yilda Plantning Angliya va Uels chegarasidagi qishloq hududida joylashgan uyida tashkil topgan. U vokalchi Syuzi Dian, barabanchi Oli Jefferson, gitarachi Toni Kelsi, multiinstrumentalist Mett Uorli va violonchelchi Barni Mors-Braun bilan birgalikda blyuz, folk, gospel va kantri kabi an’anaviy musiqa yo‘nalishlarida ijod qiladi.
2025-yilda jamoa Saving Grace albomini, keyinchalik esa All That Glitters… mini-albomini chiqargan. Undan “The Blackest Crow” va “Two Coats” an’anaviy qo‘shiqlari, Jillian Uelchning “Orphan Girl” hamda Bert Yanshning “Poison” kompozitsiyalari o‘rin olgan.
Yosh chegarasi: 7+.
Chipta narxi: 750 000 so‘mdan 4 500 000 so‘mgacha.