Anons

"Monedan Kandinskiygacha. San'atdagi inqilob" nomli multimedia ko'rgazmasi

E’lon qilingan sana· 3930
"Monedan Kandinskiygacha. San'atdagi inqilob" nomli multimedia ko'rgazmasi

O`zEkspomarkaz`da “Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob” nomli multimedia ko`rgazmasi bo’lib o’tadi.

Ko‘rgazmada XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi impressionizm, puantilizm, postimpressionizm, kubizm va ekspressionizm kabi eng e’tiborga molik badiiy oqimlar taqdim etiladi. Tashrif buyuruvchilar modernizmning 9 nafar ajoyib namoyandalari — Klod Mone, Jorj Syora, Vinsent van Gog, Edvard Munk, Pol Sezann, Xuan Gris, Rober Delone, Paul Kleye va Vasiliy Kandinskiyning asarlarini tomosha qiladilar.

Ko’rgazma o’zida HD proyeksiya, animatsion grafika va klassik musiqani birlashtiradi.

Seanslar har soat 10:00 dan 20:00 gacha, 10 daqiqalik tanaffuslar bilan o’tkaziladi.

Narxi:

  • juma kunlari — kirish bepul;
  • boshqa kunlari — 20 000 so’m;
  • maktab o‘quvchilari, talabalar va nafaqaxo‘rlarga Iticket kassalarida chipta sotib olishda — 50% chegirma mavjud;
  • maxsus maktablar va maktab-internatlar o’quvchilari uchun — kirish bepul;
  • 10 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun — kirish bepul.

Chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Tashkilotchi: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

  • Sana
    1-martdan 6-aprelgacha
    Joy
    O'zekspomarkaz
    Toshkent, Amir Temur sh. k., 107
  • Sana
    6-apreldan 1-iyungacha
    Joy
    O'zekspomarkaz
    Toshkent, Amir Temur sh. k., 107
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ