Anons
International Hotel`da Art-bozor
E’lon qilingan sana: · 209

International Hotel an’anaviy art-bozorga mezbonlik qiladi.
Yarmarkada O‘zbekistonning eng yaxshi hunarmandlari o‘z san’at asarlarini namoyish etishadi. Tashrif buyuruvchilar Marg‘ilon ipak matolari, Rishton kulolchilik buyumlari, Buxoro zargarlik buyumlari, Shahrisabz qop va gilamlari, so‘zana va kashtachilik buyumlari, o‘ymakorlik sandiqlari, kiyim-kechak, qo‘lbola qo‘g‘irchoqlarni xarid qilishlari mumkin.
Tadbir 10:00 dan 18:00 gacha davom etadi.
Kirish bepul.
Jadval
19-mart
yakshanba
Toshkent, Amir Temur sh. k., 107A