Anons

Toshkent xalqaro toʻqimachilik uskunalari koʻrgazmasi – TTME 2023

E’lon qilingan sana· 143
Toshkent xalqaro toʻqimachilik uskunalari koʻrgazmasi – TTME 2023

«O‘zEkspomarkaz"da TTME 2023 — II Toshkent xalqaro to‘qimachilik uskunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining to‘qimachilik muhandisligi va texnologiyalari yangiliklarini amalda namoyish etish, mintaqaning yetakchi kompaniyalari, stanoklar, asbob-uskunalar, butlovchi qismlar dilerlari va distribyutorlari, O‘zbekistondagi to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Ko’rgazma bo’limlari:

  • to’qimachilik va tikuvchilik ishlab chiqarish uchun mashina va uskunalar;
  • asbob-uskunalar va laboratoriya jihozlari;
  • to’qimachilik mashinalarining aksessuarlari va butlovchi qismlari;
  • terini qayta ishlash va poyabzal ishlab chiqarish uchun uskunalar;
  • dasturiy ta’minot va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish;
  • to’qimachilik chiqindilarini qayta ishlash, suvni tozalash, atrof-muhitni muhofaza qilish uchun uskunalar;
  • kimyoviy moddalar va bo’yoqlar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval