Yuriy Kimning shaxsiy ko'rgazmasi

Toshkent Fotosuratlar uyida Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Yuriy Kimning kulolchilik buyumlari shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Yuriy Kim 1958-yilda Samarqandda mashhur rassom Nikolay Aleksandrovich Kim oilasida tug‘ilgan, uning asarlari hozirgacha Samarqand va Toshkent shaharlari muzeylarida saqlanmoqda. 1973−1977 yillarda P.P. Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida tahsil olgan. 1980−1985 yillarda A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining kulolchilik bo’limida tahsil olgan. 1999-yildan shu kungacha A. Xo’jayev nomidagi Dizayn kollejida rangtasvir va kulolchilik fanlaridan dars berib kelmoqda.
Yuriyning kulolchilik kompozitsiyalari G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asaridagi yalangoyoq bolaning sarguzashtlari, Xo‘ja Nasriddin haqidagi hikoyalar bo‘lib, uning sodiq do‘sti bo‘lgan eshak ham insoniy fazilatlarga ega.
Ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimi 19-aprel kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kirish bepul.
- Sana19 aprel, 10:00-dan
19 aprel, 17:00gacha - Sana20 aprel, 10:00-dan
20 aprel, 17:00gacha - Sana21 aprel, 10:00-dan
21 aprel, 17:00gacha - Sana22 aprel, 10:00-dan
22 aprel, 17:00gacha - Sana23 aprel, 10:00-dan
23 aprel, 17:00gacha - Sana24 aprel, 10:00-dan
24 aprel, 17:00gacha