Tashkent City`da Ernest Kurtveliyevning fotoko'rgazmasi

Tashkent City`da ochiq osmon ostida “Oramizdagi qahramonlar” fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Suratlar muallifi — fotograf Ernest Kurtveliyev.
Ernest Kurtveliyev — O‘zbekistonning eng taniqli fotosuratchilaridan biri bo‘lib, uning asarlari turli fotokitob va jurnallarda chop etilgan. Shaxsiy ko‘rgazmalari esa nafaqat O‘zbekistonda, balki chet davlatlarida xam yuqori darajada tashkil etilgan. 2017-yilda AQSHning Florida shtatida o‘tkazilgan “O‘zbekiston — Markaziy Osiyoning sehrli ertagi” nomli qo‘rgazma, Bangkokdagi “The People & Nature of Uzbekistan” xalqaro ko‘rgamasi (2018-yil) shular jumlasidandir.
Noyob fotoloyihaning asosiy maqsadi — jamiyat hayotida mehnatkash insonning tutgan o‘rni va ahamiyatini namoyon qilishdan iboratdir.
Ko‘rgazmadan 40 dan ortiq fotosurʼatlar joy olgan bo‘lib, ular og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan, chidamlilik, sabr-toqat va qatʼiyatlilikni talab qiladigan kasblar mutaxassislarining ishini tasvirlab beradi. Ushbu timsollarni yaratish uchun fotograf O‘zbekistonning turli mintaqalari — Farg‘ona vodiysidan to Orol dengizi hududigacha bo‘lgan joylarda ijodiy ekspeditsiyalarni tashkil qildi.
Loyihani yaratish maqsadida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Namangan viloyatidagi “Mingbuloq” koni, Qashqadaryo viloyatidagi neft va gaz konlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Tebinbuloq” temir rudasi koni, shuningdek, Orol dengizi shelfida ishlovchi burg‘ilash uskunalari obyektlarida surʼatga olish ekspeditsiyalari tashkil qilindi.
Mazkur fotoko‘rgazma mamlakatning boshqa hududlarida ham tashkil etiladi.
Kirish bepul.
Tashkilotchi: ERIELL Group.
- Sana19-dan 29 maygacha