Samarqandda Silk Road Bazaar – 2023 festivali

Samarqand shahrida, Islom Karimov xiyobonida Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Silk Road Bazaar — 2023” festivali bo‘lib o‘tadi.
Mehmonlarni nimalar kutmoqda:
- Registon maydonida havo sharlari namoyishi;
- kechki 3D-mapping shou;
- musiqiy chiqishlar;
- amaliy san’at ustalari;
- hunarmandlar;
- rassomlar;
- kulolchilarning turli sulolalari vakillari.
Dastur:
1-sentabr:
- 10:00 — ishtirokchilarning Samarqand shahriga Islom Karimov ko’chasiga yetib borishi;
- 12:00 — hunarmandchilik yarmarkasi;
- 17:00 — badiiy mahorat darslari;
- 17:00 — Registon maydonida havo sharlari namoyishi;
- 21:00 — Registon maydonida 3D-mapping shousi.
2-sentabr:
- 10:00 — hunarmandchilik yarmarkasi;
- 10:00 — dorboz, maskaraboz (Bibixonim majmuasi);
- 17:00 — badiiy mahorat darslari;
- 17:00 — Registon maydonida havo sharlari namoyishi;
- 18:00 — O‘zbekiston Yoga federatsiyasidan ochiq yoga darsi;
- 21:00 — Registon maydonida 3D-mapping shousi;
- 20:30 — ochiq havoda kechki film namoyishi (Bibixonim majmuasi);
- 20:30 — konsert.
3-sentabr:
- 12:00 — hunarmandchilik yarmarkasi;
- 17:00 — badiiy mahorat darslari;
- 17:00 — Registon maydonida havo sharlari namoyishi;
- 18:00 — O‘zbekiston Yoga federatsiyasidan ochiq yoga darsi;
- 20:30 — kechki payt ochiq osmon ostida kinofilm namoyishi (Bibixonim majmuasi);
- 21:00 — Registon maydonida 3D-mapping shousi.
Kirish bepul.
Loyiha ijodkor sulolalar va iste’dodli hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqni amaliy san’at yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirish va O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylashga qaratilgan.
Festival tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi ko‘magida “Makon” festivallar uyushmasi, “Sayohat Air” aviakompaniyasi, O‘zbekiston Yoga federatsiyasi, shuningdek, bir qator boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar va idoralar.
- Sana1dan 3-sentabrgacha