O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati Xitoyning Xanchjou shahridagi ko‘rgazmada namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 607
O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati Xitoyning Xanchjou shahridagi ko‘rgazmada namoyish etiladi

Xitoyning Xanchjou shahridagi mamlakat milliy ipak muzeyida Osiyo va Tinch okeani uyushmasining Xalqaro muzeylar kengashi ko‘magida XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi” anjumani o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmada Osiyoning turli mintaqalaridan 150 ga yaqin liboslar taqdim etiladi. Shuningdek, bosma, to‘quvchilik va kashtachilikning qadimiy uslubi vorislari bo‘lgan bir nechta hunarmandlar ham taklif etiladi. Ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad Osiyo mamlakatlari madaniyatining bir-birlariga o‘zaro ta’siri, ularning quruqlik va dengiz Ipak yo‘li orqali o‘zaro almashinivuni namoyish etishdan iborat.

O‘zbekiston ko‘rgazmada Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va Samarqand muzey-qoʻriqxonasi sara to‘plamlariga mansub 20 ta muzey eksponatini taqdim etadi. Xanchjoudagi ko‘rgazmada an’anaviy o‘zbek so‘zanalari, chopon va zargarlik buyumlari namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilar o‘zbekistonlik ustalar tomonidan tayyorlangan an’anaviy san’atning eng yaxshi namunalarini tomosha qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, 26-sentabr kuni Xanchjou shahrida oʻzbek gazlamalarini anʼanaviy ishlab chiqarish jarayoni namoyish etiladigan “Oʻzbekiston oqshomi” tadbiri boʻlib oʻtadi.

Ko‘rgazma Xanchjou shahrida 2-sentabrda ochilib, 12-noyabrga qadar davom etadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ