Anons

"Kul" ko'rgazmasi

E’lon qilingan sana· 250
"Kul" ko'rgazmasi

“Ilhom” teatrining ko‘rgazmalar zalida “Art Space BFG” loyihasi doirasida Zaza Zohidov va Zi Qahramonovaning “Kul” nomli qo‘shma ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Zi Qahramonova va Zaza Zohidovlarning ko‘rgazmasi jismning materiya sifatidagi o’zgacha talqinini taqdim etadi.

Mualliflar haqida:

Zi Qahramonova “Art Residence — Bukhara 2020−2021” xalqaro Art Residence Solar sign ishtirokchisi, Bonum Factum Art Space BFG galereyasi yosh rassomlar tanlovi gʻolibi. 2021-yildan Madaniyat fondi laboratoriya va san’at (CCA lab) a’zosi.

“Ilhom” teatridagi “Boshlanishi”, “Bonum Factum” galereyasida Urban, shahar makonida “Qoʻrqmas kollektiv” xalqaro koʻrgazmasi, “Ilhom” teatrida YUNISEF koʻmagida “16/19” va koʻplab jamoaviy koʻrgazmalar ishtirokchisi.

“48h Toshkent”, “Стихия”, “Мыкосмос” zamonaviy sanʼat festivali ishtirokchisi.

Zaza Zohidov shahar ko‘cha san’ati festivallari ishtirokchisi, Bonum Factum Art Space BFG galereyasida yosh rassomlar tanlovi g‘olibi. U turli san’at festivallari, dastgoh rasmlari, ko’cha san’ati va afishalar ko’rgazmalarida ishtirok etgan.Ko'rgazmada turli texnikada yaratilgan kontseptual ishlar: kartinalar, to’qimachilik buyumlari, shuningdek, rassomlarning raqamli asarlari namoyish etiladi.

Kirish bepul.

Ko’rgazmaning ish vaqti: 11:00 dan 20:00 gacha.

Tashkilotchilar: Bonum Factum Gallery, Shveytsariya elchixonasi ko’magida.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ