L'Italia veste il Cinema: Italiyaning klassik kino tasvirlaridagi yuksak modasi, jasorati va nafisligi Toshkentdagi ko‘rgazmada

E’lon qilingan sana· 1 640
L'Italia veste il Cinema: Italiyaning klassik kino tasvirlaridagi yuksak modasi, jasorati va nafisligi Toshkentdagi ko‘rgazmada

1-oktabr kuni “Ipak yo‘li marvaridi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida O‘zmilliybank Tasviriy san’at galereyasida “L’Italia veste il Cinema – Kinematografiyani kiyintirgan Italiya” ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Festival doirasidagi ushbu tadbir suratga olish jarayonining parda ortidagi sirlarini ochadi va asarlari nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan taniqli italiyalik ijodkorlarning mashhur obrazlarini yaratish tarixini hikoya qiladi.

Ko’rgazmada jahon kinosi ikonalari — Sofiya Loren, Marselo Mastroyanni, Toni Servillo va boshqalar kiygan kiyim modellari taqdim etildi.

Sizni har bir xonada o’ntadan joylashtirilgan 30 ta kostyum kutmoqda. Ularning har biri maneken bilan tasvirlangan, qo’shimcha ravishda filmlardan kadrlar tushirilgan kichik bannerlar va dizayner surati, u ishtirok etgan film, shuningdek aktyorlar haqida ma’lumot berilgan karta mavjud.

Kostyumlar 1955-yildan 2019-yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Kiyimlar, rasmiy, kechki va yengil yozgi hamda boshqa turlarga ajratilgan.

Yorqin vizual elementlar — bu kinoning asosiy vositalaridan biri, shuning uchun unga juda muhim rol berilgan. Zero, ana shunday kayfiyat yaratish, qahramonga o‘ziga xos joziba bag‘ishlash, tafsilotlar uyg‘unligi esa rejissyorga kerakli obrazni yaratadi.

Birinchi namoyish kinofestival ishtirokchilarining tor doirasiga taqdim etildi. 1-kuni ko’rgazmaga 200 ga yaqin taklif etilgan mehmonlar tashrif buyurishdi, jumladan kinorejissor Qamara Kamalova, Eljon Abbosov, Nigora Karimova va boshqalar.

3-oktabr kuni esa ko’rgazma barcha uchun o’z eshiklarini ochdi. Taqdim etilgan har bir ko’rinish o’ziga xos tarzda taqdim etiladi va mehmonlar ularni batafsil o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar, De Sikaning “Italyancha turmush” filmidagi Sofiya Loren libosidan tortib, Antonio Pietrangelining “Men uni yaxshi bilardim” filmidagi Stefaniya Sandrellining g’ilofli libosigacha.

Piero Tosi va Alberto Verso ijodi, bu yil o’z ishi uchun “Oltin sher” mukofotiga sazovor bo’lgan rejissyor Liliana Kavanining “Ночной портье” filmidagi Sharlotta Ramplingning ikkita kechki liboslari — ko’rgazma yulduzlariga aylanishdi. To’plamda bir nechta erkaklar qiyofasi va Silvana Manganoning “Jodugarlar” filmidagi to’y libosi ham mavjud.

Ko’rgazma moda olami haqida ko’proq ma’lumot olishni xohlovchilar uchun 15-noyabrgacha davom etadi.

Snejana Samoylova
Muallif
Snejana Samoylova
Yevgeniy Sorochin
Fotosuratchi
Yevgeniy Sorochin
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ