Toshkentda “Halovatli uyqular” ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi

E’lon qilingan sana· 2 076
Toshkentda “Halovatli uyqular” ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi

15-noyabr kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida Tatyana Fadeyevaning shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali ochilish marosimida yuzlab mehmonlar: taniqli rassomlar, talabalar va rassom ijodining muxlislari ishtirok etishdi. Kirishda barcha qizlar sovg‘alar — gullar bilan bezatilgan lentalar bilan kutib olindi. Undan sochlarni bezash, qo‘lga bog‘lash va choker sifatida foydalanish mumkin.

“Bu ko’rgazmasi rassom Tatyana Fadeyeva ijodidagi yangi davr hisoblanadi. Bu o‘z-o‘zini ifoda etishning boshqa bosqichini, muallifning idrok etish jarayonini, hozirgi, har doim ham tinch bo‘lmagan haqiqat haqida fikr yuritish jarayonini ochib beradi”, — deydi ko‘rgazma kuratori Gulnora Eshmurodova.

“Tatyana 2019-yilda chiqqan, asosan tarixiy xotiraga murojaat qilgan avvalgi shaxsiy loyihasi — “Jim iqror"dan farqli o‘laroq, so‘nggi ikki yil ichida “yetuklashgan” yangi davrda u dunyodagi muammolar va jamiyat, uning axloqiy qoidalarining chuqur o‘zgarishlarni aks ettirishga intiladi”.

Bir qarashda, asarlar sodda va faqat lirik tuyulishi mumkin.

“Mazkur seriyadagi qahramonlar zamonaviy dunyoning turli mamlakatlari vakillaridir. Muallif o‘zining rang-barang qarorida ongli ravishda salbiyni rad etib, bugungi kundagi barcha o‘zgarishlarga qaramay, g‘amginlikdan qochadi”, — deb qayd etdi Gulnora Eshmurodova.

Tatyana Fadeyeva butun ijodi bilan yaxshilik, hayotiy qadriyatlar yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishini ifodalaydi.

Ko’rgazmaning modullardan iborat arxitekturasi labirint shaklida qurilgan bo’lib, orzular sari sayr qilish illyuziyasini yaratadi. Vaqt va hududiy chegaralar o‘chiriladigan halovatli uyqular, go‘zallikning abadiy qadriyatlari va insoniyat birligini ifodalaydi.

Ko‘rgazma 15 dekabrgacha davom etadi.

Fotograf: Sabina Ragimova

Fotosuratchi: Сабина Рагимова
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ