Anons

"Aleksey Shusev. 150 usto xotirasi" ko'rgazmasi

E’lon qilingan sana· 217
"Aleksey Shusev. 150 usto xotirasi" ko'rgazmasi

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi Aleksey Shusev tavalludining 150 yilligiga bag’ishlangan “Aleksey Shusev. 150 Usto xotirasi” ko’rgazmasiga taklif qiladi.

Aleksey Shusev — XIX-asr oxiri — XX-asrning birinchi yarmida o’zini turli me’morchilik uslublari va yo’nalishlarida namoyon etgan noyob me’mor. Ikki tematik bo’limdan iborat ko’rgazma Shusevning yarim asrdan ortiq faoliyati davomida yaratilgan 50 ga yaqin arxitektura loyihasini jamoatchilikka taqdim etadi. Ko’rgazma 350 ta obyektni o’z ichiga oladi.

Ko‘rgazmaning tantanali ochilishi 22-noyabr kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

Chipta narxlari:

  • O‘zbekiston fuqarolari uchun — 10 000 so‘m;
  • xorijiy fuqarolar uchun — 50 000 so’m.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−209−8015.