Anons

“Tabiat va Men” ko`rgazmasi

E’lon qilingan sana· 97
“Tabiat va Men” ko`rgazmasi

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta zalida Rassom Qo`chqorboy Akbarovning «Tabiat va Men» nomli ilk shaxsiy ko`rgazmasi ochildi.

Rassom ijodi o`zgacha. U tabiat bilan juda ko`p so`zlashadi. Ayniqsa, eng sevimli mashg`uloti bo`lgan baliq oviga chiqqanda yanada yaqinroq bo`ladi. Uning «Ovchilik» natyurmortlari, «Qirg`ovul, o`rdak va botqoqlik qushlari», «Ko`lda qushlar bozori', «Ov sahnasi» asarlarida ajoyib bir sarguzashtni tomosha qilayotgandek bo`ladi. Rassom faqatgina chizmaydi, balki, chuqur his etadi.

Rassomning eng sara ishlari O`zbekiston Davlat San`at muzeyida saqlanib kelmoqda. Shu bilan birga Fransiya, Gollandiya, Malayziya davlatlarida ham asarlari shaxsiy kolleksiyalardan o`rin olgan.

Kirish bepul.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ