Anons

“Ipak va Ipak yo‘li. Xanchjoudan Samarqandgacha” ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 375
“Ipak va Ipak yo‘li. Xanchjoudan Samarqandgacha” ko‘rgazmasi

“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasida “Ipak va Ipak yo‘li. Xanchjoudan Samarqandgacha” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti, “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi va Xanchjoudagi Xitoy milliy ipak muzeyi sara to‘plamlariga mansub jami 86 ta eksponat namoyish etiladi.

Ular orasidan eramizdan avvalgi II — milodiy IV asrlarga oid Afrosiyob xarobasiga tegishli noyob terakota haykalchalari, VIII-XI asrlarga taalluqli sopol buyumlar, Toshkent viloyati Munchoqtepa qishlogʻida olib borilgan qazishmalarda topilgan shisha va bronza buyumlari o‘rin olgan.

Kirish bepul.

  • Sana
    24-noyabrdan 15-sentabrgacha