Toshkentda xalqaro kino kuniga bagʻishlangan "Fantasmagoriya" nomli koʻrgazma ochildi

E’lon qilingan sana· 1 021
Toshkentda xalqaro kino kuniga bagʻishlangan  "Fantasmagoriya" nomli koʻrgazma ochildi

25-yanvar kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi “Teatr, kino va animatsiya” shoʻbasi rassomlarining “Xalqaro kino kuni” ga bag‘ishlangan “Fantasmagoriya” nomli ko‘rgazmasi ochildi.

Koʻrgazma ekspozitsiyasi:

  • teatr, kino va animatsiya eskizlari;
  • installyatsiyalar;
  • perfomans;
  • dekoratsiyalar;
  • foto-lavhalar;
  • hujjatli, badiiy va animatsion filmlar;
  • animatsion personajlar tasvirlangan liboslar kolleksiyasi;
  • hujjatli, badiiy va animatsion filmlardan iborat.

Ta’kidlanishicha, mazkur koʻrgazma ilk bor respublikaning professional ssenograf, kino va animatsiya rassomlarini jamlagan.

Xususan, Baxtiyor Nazarov, Mavzur Maxmudov, Ahmad Babayev, Aleksandr Gamirov, Shuhrat Abdumalikov, Ahmadjon Orinov, Murad Karabayev singari ijodkorlar ishtirok etmoqda.

Koʻrgazmada rassomlarning sahna va ekran asarini yaratishda kechadigan mashaqqatli jarayonlari va tayyor spektakl yoki film yaratilishi ortida rassom tomonidan ishlangan eskiz, maket va liboslar koʻrgazma ekspozitsiyasidan oʻrin olgan.

Shuningdek, belgilangan grafik asosida 26−26 yanvar kunlari ijodiy guruh a’zolari ishtirokida yaratilgan hujjatli, badiiy va animatsion filmlar namoyish etiladi.

Koʻrgazma fevralga qadar davom etadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ