Anons
Urban Market - Ramadan Bazaar
E’lon qilingan sana: · 189
Urban Market — Ramadan Bazaar Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida boʻlib oʻtadi.
Tashrif buyuruvchilar zargarlik buyumlari, kiyim-kechak, aksessuarlar, sovg‘alar to‘plamlari, kosmetika, san’at va boshqa koʻp narsalarni taqdim etuvchi ellikdan ortiq qiziqarli brend va hunarmandlarni topishlari mumkin.
Festival maydoni bir nechta tematik zonalarga bo‘linadi:
- bolalar va kattalar uchun bepul master-klasslar;
- animatorlar va shirin taomlar bilan bolalar maydoni;
- sahnada madaniy dastur, ma’naviy chiqishlar;
- fudkort va tematik foto zona;
- 50 ga yaqin qiziqarli brendlar ishtirokidagi bozor zonasi.
Vaqt: 11:00 dan 21:00 gacha.
Kirish bepul.
- Sana24dan 25-fevralgacha