"Ijod va ishtiyoq" nomli badiiy koʻrgazma
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik zalida K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti I-bosqich talabalari Hilola Hakimova va Leyla Garabayevalarning “Ijod va ishtiyoq” nomli koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
Koʻrgazmada talaba qizlarning 40dan ortiq ijodiy ishlari taqdim etilgan.
Hilola Hakimova — 2006 -yil Toshkent shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan. Hilola 2023- yil Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 14 -sonli musiqa va san`at maktabining rang -tasvir yoʻnalishini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2023-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Professional ta`lim interyer dizayn” yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilindi. Hilola shu kunga qadar bir qancha xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilgan tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda.
Leyla Garabayeva — 2004 yil Qoraqalpogʻiston respublikasi Taxiatosh shahrida tugʻilgan. 2013−2018 yillarda Taxiatosh shahridagi 7-sonli bolalar musiqa maktabida rasm va rangtasvir yoʻnalishida tahsil olgan. Leyla juda koʻp xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan tanlovlarda ishtirok etgan. Jumladan:
2021 yil — Italiyada oʻtkazilgan “Гуманность внутри войны” tanlovining 1-turida diplom bilan taqdirlangan.
Kirish bepul.
- Sana12dan 18-fevralgacha