Dohada “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi

E’lon qilingan sana· 107
Dohada “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi

24-fevral kuni Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Qatarning Doha shahridagi dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazma loyihasini taqdim etdi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati “Afisha.uz"ga ma’lum qildi.

Ko‘rgazmada 49 ta qo‘l mehnati namunalari, jumladan, dizayner Nada Debs va o‘zbekistonlik usta Sirojiddin Rahmatillayev hamkorligidagi asarlar namoyish etiladi. O‘z hamkorliklarida ular tashrif buyuruvchilarga an’anaviy mebel unsurlarining zamonaviy talqinini taqdim etadilar.

Nada va Sirojiddinning mushtarak ishlari anʼanaviy hunarmandchilikning zamonaviy dizayn bilan uygʻunlashuvi samarasi boʻlib, Oʻzbekiston sanʼatidagi tadrijiy rivojlanishni namoyish etadi.

“An'anaviy supa karavotlarga zamonaviy qarashni yaratish ustida 50 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, shuhrat qozongan Sirojiddin bilan men an’anaviy uslubga yangicha yondoshishim mumkinligini his qildim. Uning yangi g‘oyalarga nisbatan o‘tkir zehn bilan idrok etishi chindan ham ilhomlantiruvchi bo‘lib, menga cheklovlarsiz ijodiy erkinlik berdi. Bundan tashqari arab dunyosi va O‘zbekiston hunarmandchiligi o‘rtasidagi rishtani ko‘rish juda qiziq bo‘ldi. Men buni hunarmandchilik tarixi va madaniyatlar o‘rtasidagi fikr almashinuvini aks ettiradigan vaqt kapsulasiga o‘xshaydi, deb hisoblayman”. — Nada Debs, dizayner.

Tashrif buyuruvchilar yog‘och, ikat shoyisi va baxmal matosidan tayyorlangan buyumlarni tomosha qilishlari mumkin. Ko‘rgazma jahon madaniy almashinuvini rivojlantirish va badiiy peshqadamlikning kurtak yozishida muhim rol o‘ynaydi.

Jamg‘arma biennaleda ishtirok etishga O‘zbekistonning hunarmandchilik merosini namoyish etish uchun taklif qilingan.

“Biz O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini Doha dizayn biennalesining strategik hamkorlaridan biri sifatida taklif etdik. Mazkur hamkorlik biennale oldida turgan eng muhim maqsadlardan birini amalga oshirishga, ya’ni tashrif buyuruvchilarga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika dizaynerlarining ijodiy salohiyati haqida keng tasavvur berishga yordam beradi. Maqsadimiz dizaynni meros va innovatsiyalarning ajoyib uyg‘unligi sifatida taqdim etishdir. „Hunarmand O‘zbekiston“ ko‘rgazma loyihasi esa ushbu mato suratning o‘rnini bosib bo‘lmas ipdir”, — Shayx ol-Mayassa bint Hamad bin Halifa Ol Soniy Zoti Oliyalari, Qatar muzeylar idorasi rahbari.

Doha dizayn biennalesining bosh mavzusi bo‘lmish “Mintaqaviy dizayn mukammalligi tantanasi"ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jamg‘arma Bahrayndagi “Shepherd” studiyasi bilan innovatsion va zamonaviy ko‘rgazma dizaynini yaratish uchun hamkorlik qilmoqda.

31 ming lentikulyar nom va 26 million ipdan foydalanilgan “optik kashta"ning betakror konseptual yondashuvini qo‘llash sharofati bilan tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchiligi muhitiga sho‘ng‘iydilar. Ko‘rgazma g‘oyasi makonning estetik afzalligini yoritish, ayniqsa ranglarning o‘ziga xosligiga urg‘u berish ko‘zda tutilgan.

“Biz Doha dizayn biennalesida ishtirok etish taklifini olganimizdan mamnun bo‘ldik. Ko‘rgazma loyihamiz biennalening bosh mavzusini aks ettirib, O‘zbekistonning madaniy an’analari va hunarmandchilik merosini ilg‘or zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘un holda birlashtiradi. Loyihaning tayyorlash uchun mas’ul jamoamiz an’anaviy hunarmandchilik, shu jumladan qo‘l mehnati bilan to‘qish va yog‘och o‘ymakorligini namoyish etishga favqulloda alohida e’tibor qaratdi. Mazkur loyiha tashrif buyuruvchilarga O‘zbekistonni yangi nuqtai nazar — eng ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish va qo‘llash bilan tarixiy ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylayotgan mamlakat sifatida ko‘rish imkonini beruvchi innovatsion yondashuvlarni o‘z ichiga oladi”, — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ