Bokuda oʻzbek amaliy sanʼat namunalari taqdim koʻrgazmasi ochiladi

E’lon qilingan sana· 328
Bokuda oʻzbek amaliy sanʼat namunalari taqdim koʻrgazmasi ochiladi

2024-yilning 17-martidan 1-iyuliga qadar Ozarbayjonning Boku shahridagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Koʻrgazmada Oʻzbekiston muzey sara to‘plamlarida saqlanayotgan 148 dan ortiq bezakli amaliy sanʼat namunalari taqdim etiladi. Ko‘rgazma mamlakatning XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi madaniy va tarixiy merosi va xalq liboslariga bag‘ishlanadi.

Ko‘rgazma ochilishi doirasida madaniy dastur rejalashtirilgan. 2024-yilning 16−17-mart kunlari Ozarbayjon davlat akademik musiqali teatri sahnasida ilk bor Ozarbayjonda ilk bor “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etiladi.

Ko‘rgazma bir necha bo‘limlardan iborat:

  • erkaklar milliy libosining ajralmas qismi bo‘lmish zardo‘zi to‘nlar taqdim etilgan choponlar bo‘limi;
  • Buxoro, Jizzax, Nurota, Samarqand, Shahrisabz va Toshkent so‘zana namunalari namoyish etiladigan kashtachilik bo‘limi. Kashta naqshlari xilma-xil bo‘lib, unda tabiat kuchlarining muhofazasi timsoli bo‘lgan gullar va yulduzlar ustunlik qiladi;
  • Buxoro, Samarqand va Qoraqalpog‘iston zargarlik buyumlari bo‘limi. Tashrif buyuruvchilar qadimgi ustalarning kumush, firuza va boshqa qimmatbaho toshlardan yasalgan asarlarini tomosha qiladilar.

Ko‘rgazma O‘zbekiston o‘zliginining ajralmas qismi hisoblangan XIX — XX asr boshlaridagi hunarmandchilikning tiklanishini aks ettiradi. Buxoro zardo‘z kashtachiligi hamisha mamlakatimiz san’atining ko‘plab turlari orasida alohida o‘rin egallab kelgan. Aynan Buxoroning amiri Muzaffar ibn Nasrulloxon (1860−1885) hukmronligi davrida zardo‘zlik o‘zining uslubi va sifati bilan gullab-yashnagan cho‘qqisiga erishadi. Ko‘p miqdordagi chopon, ko‘ylak, bosh kiyim va jabdug‘lar kabi go‘zal namunalar amirning shaxsiy ustaxonasida tayyorlangan bo‘lib, bu saroyning bashang turmush tarzidan dalolat bergan.

Ko‘rgazma ochilishining madaniy dasturi doirasida 16−17-mart kunlari Ozarbayjon davlat akademik musiqali teatri sahnasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida ilk bor Ozarbayjonda “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etiladi.

Nafis raqs san’ati mohiyatida xatti-harakatlar va hayotning o‘ziga nisbatan muhabbat hikoyasi yotadi. Badiiy asar muqaddimasi ming yillar avval Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab Markaziy Osiyo orqali o‘tgan karvonlarning hashamatli davridan boshlanadi. Jazirama cho‘lu-biyobonda afsungar xirgoyisi ostida Muhabbat uyg‘onib, o‘lmas Qalb o‘zining mangu raqsini xumor aylaydi. Bu moziydan istiqbolga hayoliy sayohat — bu ko‘p asrlik an’analar va xalq ruhoniyatini o‘zida mujassam etgan Qalb va unga barcha davrlar mobaynida beixtiyor ergashib boruvchi Muhabbat qissasidir. Xalq tarixi, ajdodlar xotirasi, ruhlar tovushi — baletning har bir pardasida zamonlararo bog‘liqlik tobora kuchayib borib, tomoshaning eng avj nuqtasida Qalb va Muhabbat ayrilmas bir butunlikni hosil qiladi.

Ko‘rgazma va madaniy dastur O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ