Buxoroda II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 903
Buxoroda II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi

Buxoro shahrida 3−5-may kunlari II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi. Festivalning maqsadi zardo‘zlik va zargarlik yo‘nalishlarida faoliyat olib boradigan, soha taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan tajribali va iqtidorli hunarmandlarni kashf qilishdir.

Bundan tashqari festivalda nodir va yo‘qolib borayotgan san’at asarlarini asrab-avaylash, tiklash, eng ilg‘or amaliy dasturlarni targ‘ib qilish, yosh avlodga ushbu hunarni o‘rgatgan holda viloyatlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, xalqaro miqyosda milliy brendni yaratish va ommalashtirishga e’tibor beriladi.

Xalqaro festival davomida turli taqdimotlar, ko‘rgazmalar, musiqali teatr namoyishlari va ko‘ngilochar dasturlar, madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Shuningdek, anjuman doirasida qadimiy shaharda “An'anaviy zardo‘zlik va zargarlik san’ati rivojlantirishning istiqbollari"mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ