Anons

"HoReCa Uzbekistan" xalqaro koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 69
"HoReCa Uzbekistan" xalqaro koʻrgazmasi

“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar markazida birinchi xalqaro “HoReCa Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

“HoReCa Uzbekistan” — mehmondoʻstlik sohasida yangi yutuqlarni namoyish etish, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va yangi hamkorlar topish uchun noyob platforma. Ko‘rgazmada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar mehmonxona va restoran biznesining yetakchi vakillari, turizm va mehmondoʻstlik sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.

HoReCa 2024 koʻrgazmasi doirasida mehmondoʻstlik sanoati uchun tovarlar va xizmatlar koʻrgazmasi, konferensiyalar, seminarlar va mahorat darslari bilan biznes dasturi, oshpazlar, barmenlar va boshqa mutaxassislar oʻrtasida professional tanlovlar, shuningdek, jahon oshxonasi festivali boʻlib oʻtadi.

Elektron pochta: horecaexpo.uz@gmail.com

Veb-sayt: www.hoteliers.uz .

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 97−144−4846, (+998) 97−144−4847.

    • Sana
      8dan 10-oktabrgacha
      Joy
      O'zekspomarkaz
      Toshkent, Amir Temur sh. k., 107
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ