Mario Testinoning "Goʻzal dunyo" koʻrgazmasidan Oʻzbekistonda tushurilgan suratlar ham oʻrin oldi

E’lon qilingan sana· 771
Mario Testinoning "Goʻzal dunyo" koʻrgazmasidan Oʻzbekistonda tushurilgan suratlar ham oʻrin oldi

Italiyaning Rim shahridagi Bonapart saroyida 25-may kuni moda olamidagi eng mashhur fotosuratchilardan biri Mario Testinoning “Go‘zal dunyo” (A Beautiful World) ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Testino so‘nggi yetti yilni moda olamidan tashqarida yangi mavzularni izlashga bag‘ishladi, bu esa uni ijodiy shuhratning yangi bosqichiga yetakladi. O‘z ishining mohir ustasi ilhomini mamlakatlarning madaniy qadriyatlaridan topdi. U 2017-yildan buyon 30 dan ortiq mamlakatlarga sayohat qilib, mintaqalarning madaniy xususiyatlari, ularning qadimiy anʼanalarga sodiqligi hamda tobora shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda har birining alohida betakrorligini oʻrgandi.

“Ushbu loyiha yaratilgan lahzadan buyon men uni „Go‘zal dunyo“ deb atash zarurligini his etdim, chunki ilgari bo‘lmagan joylarda ko‘rkamlikning yangi turlarini kashf qildim. O‘z sayohatlarim davomida shuni angladimki, agar mamlakat o‘z tarixi va an’analari o‘rtasidagi rishtani yo‘qotsa, chinakamiga nimadir bebaho narsa yo‘qotiladi. O‘zbekiston o‘zining boy madaniy va tarixiy hikoyanavisligi bilan meni lol qoldirdi va bu jihatlar ko‘rgazma loyihamda o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga uning qo‘llab-quvvatlovi uchun o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman”, — Mario Testino, fotosuratchi.

24-may kuni uchun ochilish marosimi arafasida vernisaj bo‘lib o‘tdi. Tadbirning maxsus mehmoni O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Abduhoshim Ismoilov bo‘ldi. Ismoilov sozandalar bilan birgalikda g‘ijjak, rubob va doirada an’anaviy o‘zbek milliy taronalarini ijro etdi.

Ko‘rgazmada Mario Testinoning O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirgan ekspeditsiyalari mobaynida suratga olgan asarlari namoyish etiladi. O‘zining ilk tashrifida fotosuratchi Toshkent, Buxoro va Xivada ish olib borgan. 2024-yilning fevralida Testino Samarqandni suratga olish uchun O‘zbekistonga qaytadi. Ekspozitsiyadan Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Buxoro kelinlari hamda kurash polvonining suratlari o‘rin olgan.

Ko‘rgazma 2024-yilning 25-mayidan 25-avgustiga qadar Bonapart saroyida davom etadi. Loyiha “Arthemisia” shirkati tomonidan “Domus Artium” bilan hamkorlikda, shuningdek, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, “Art Partner” va “Generali Valore Cultura” madadi bilan tayyorlangan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ