Anons

"Orzu" koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 121
"Orzu" koʻrgazmasi

Toshkent fotosuratlar uyida ko‘zi ojiz bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan “Orzu” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Bundan tashqari, 29-iyun kuni soat 17:00 dan 18:30 gacha ular tomonidan tasvirlangan fikrlar asosida yaratilgan asarlar auksioni tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, “Butunjahon Yoshlar Festivali” doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Mehrli qo‘llar” fondi, AVO Bank va We Digital marketing agentligi hamkorligida ilk bor “Orzu” nomli noyob ko‘rgazma-auksion tashkil etilmoqda.

“Orzu” — bu inson ijodkorligi va sun’iy intellektning maxsus uyg‘unlashuvidir. Ko‘rgazmada ko‘zi ojiz bolalar taassurotlari asosida yaratilgan asarlar namoyish etiladi. Bu suratlar shunchaki surat emas, balki bolalarning chuqur va ta’sirchan xayollari va tasavvurlarining aksidir.

Kirish bepul.

Ko‘rgazmada “Sharm Studio” rassomlari tomonidan qog‘ozga tushirilgan, sun’iy intellekt orqali yaratilgan 20 ta surat namoyish qilinadi. Xayriya ko‘rgazmasida sotilgan ijodiy ishlar tushgan mablag‘lar ko‘zi ojiz bolalarning ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun operatsiyalariga yo‘naltiriladi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ