Anons

"Biz" koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 175
"Biz" koʻrgazmasi

Mark Vayl nomidagi “Ilhom” teatrida “Biz” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Badiiy ko‘rgazma konsepsiyasi “Biz” so‘zi bilan nomlanadi.

“Biz” — uch harfdan iborat qisqa so‘z bo‘lib, ikki chuqur ma’noga ega. Birinchisi bu yaxlitlik boʻlsa, ikkinchisi yaxlitlikni ushlab tura oladigan va birgalikda zarba berishga qodir bo‘lgan yadrodir.

Ko‘rgazmada Donetsk, Mariupol, Kiyev, Xarkov, Odessa, Rovno va Lvovdan boʻlgan yetti nafar muallifning 29 ta san’at asari namoyish etilmoqda.

Koʻrgazmada insonnig “dunyoqarashlari"ga e’tibor berilgan.

Misol uchun, Xarkovlik rassom Igor Nekrakxa oʻzining polotnolarida qoʻrqinchli tabiatni qaltirayotgan xavf hissi bilan aks ettiradi. Donetsklik Roksolana Deynega yolgʻiz odamni xavfsiz uy sharoitida chizadi.

Volinyankalik Inna Xarchuk bolalik xotiralariga ishora qiladi, bu yerda oila hissi tinch osmonni ushlab turadi, Mariupoldan oilasi bilan qochib, topgan barcha mol-mulki va badiiy merosidan ayrilgan rassom Pavel Ponomarenko esa bir kasb odamini ko‘rsatib, “o‘tgan hayoti muhitini” tasvirlaydi.

Ko‘rgazma Kozitskiy xayriya jamg‘armasining “Biz va dunyo” badiiy loyihasi va ZAG badiiy galereyasi doirasida tashkil etilgan.

2022-yil mart oyidan boshlab, Kozitskiy xayriya jamg‘armasi tashkil etilganidan beri dunyoning o‘n yetti davlatida: Yevropa, Avstraliya, Shimoliy Amerika, Afrikada qirqdan ortiq zamonaviy Ukraina san’ati ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tgan.

Kirish bepul.