Toshkentda 29-xalqaro turizm yarmarkasi o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 572
Toshkentda 29-xalqaro turizm yarmarkasi o‘tkaziladi

21−23-noyabr kunlari Toshkentdagi “Central Asian Expo Uzbekistan” (CАEх) ko‘rgazma majmuasida “Ipak yo‘lida turizm” — 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY) bo‘lib o‘tadi.

Yarmarkada xorijiy turistik kompaniyalar, milliy va hududiy tashkilotlar, assotsiatsiyalar, vakolatxonalar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar, onlayn bronlash tizimlari, shuningdek, transport kompaniyalari va boshqalar ishtirok etadi. TXTY dasturi doirasida konferensiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, turizm xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, O‘zbekiston hududlari turizm salohiyati taqdimotlari, gastronomik va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, TXTY O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi turizm sanoati uchun muhim voqea sifatida 1995-yildan beri BMT Butunjahon turizm tashkiloti koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda. Yarmarkada o‘nlab mamlakatlarning sayyohlik imkoniyatlari taqdimotlari, yuzlab turizm sohasi mutaxassislarining ishbilarmonlik muzokaralari, xalqaro turizmni rivojlantirishning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar o‘tkaziladi. O‘tgan yili TXTYda rekord ko‘rsatkich qayd etildi — 3 kun ichida 30 ta davlatdan 300 dan ortiq soha vakillari va 13 ming ishtirokchi qatnashgan.