Anons

“MDH rassomlarining grafikasi” ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana: · 234
“MDH rassomlarining grafikasi” ko‘rgazmasi

Oʻzbekiston Tasviriy san’at galereyasida “MDH rassomlarining grafikasi” ko‘rgazmasi bo‘lib oʻtadi.

Ushbu ko‘rgazma “O‘zmilliybank” AJ to‘plamidagi noyob grafik asarlarning namoyishi bo‘lib, MDH mamlakatlarining madaniy xilma-xilligini aks ettiradi.

Ekspozitsiyada ofort, linogravyura, litografiya va akvarel kabi grafikaning turli texnikalarida ijod qilingan asarlar namoyish etilmoqda. Ko‘rgazma doirasida mahorat darslari ham o‘tkaziladi.

Koʻrgazma ish vaqti: seshanbadan shanbagacha soat 10:00 dan 17:00 gacha (yakshanba, dushanba — yopiq).

Chipta narxlari:

  • chet elliklar uchun — 50 000 soʻm.
  • mahalliy aholiga — 10 000 soʻm.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling