Anons

"Siymo" koʻrgazmasi

E’lon qilingan sana· 383
"Siymo" koʻrgazmasi

Toshkent Fotosuratlar uyida rassom Timur Rahmetovning “Siymo” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tadi.

Timur Rahmetov — asarlarining serqirraligi, uslubining individualligi va o‘ziga xosligi, falsafiy yondashuvi bilan ajralib turadigan iste’dodli rassom. Uning uchun uygʻunlikda muhim boʻlgan asosiy elementlar naqsh, shakl va rang boʻlib, kompozitsiyani yaratadi.

Koʻrgazmada namoyish etilgan asarlar tomoshabin bilan oʻzi haqida, vaqtning oʻtkinchiligi, sevgi, shuningdek, atrof-olamdagi oʻzgarishlar haqida suhbatlashadi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 5-fevral kuni soat 17:00 da boʻlib oʻtadi.

Bepul qabul.