Anons

"Inson uchun" II an’anaviy savdo-ko‘rgazma yarmarkasi

E’lon qilingan sana· 38
"Inson uchun" II an’anaviy savdo-ko‘rgazma yarmarkasi

“O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Inson uchun” II an’anaviy savdo-ko‘rgazma yarmarkasi boʻlib oʻtadi.

Xalqaro inklyuziv xab 5 ta “Yoshlar va ta’lim” pavilonida taqdim etiladi. Unda nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun inklyuziya, ijodkorlik va imkoniyatlarga bag‘ishlangan keng ko‘lamli interaktiv ekspozitsiya tashkil etiladi.

Mehmonlarni quyidagilar kutadi:

  • mahorat darslari;
  • “Qorong‘ulikda” immersiv installyatsiyasi;
  • ma’ruzalar;
  • interaktiv kvest;
  • “Men — borman” debyut teatr postanovkasi;
  • defile;
  • qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi;
  • “Imkoniyatlar olimpiadasi” finali — nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun birinchi professional tanlov.

Kirish bepul.
Ushbu havola orqali o‘yxatdan o‘tish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval